Texnologiya – uychinoma.uz

ZAMONAVIY SAYYOHLIK MAKONIGA AYLANADI
Norin daryosi va yirik kanallar sohillari endi zamonaviy sayyohlik makoniga aylantiriladi.

Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning turizmni rivojlantirish, tabiiy va tarixiy manzillar asosida yangi turizm markazlarini yaratish bo’yicha topshiriqlariga muvofiq Namangan viloyatida ham keng qamrovli ishlarga kirishilgan.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Norin GESlar kaskadi atrofida tashkil etilayotgan ana shunday loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Kaskadning Uychi tumani hududidagi 20 gektar yer maydonida turistik saylgoh tashkil etilishi, ko’p qavatli uylar qurilishi ko’zda tutilgan. Xususan, «Bo’ston» MFY hududidan oqib o’tuvchi Norin daryosi qirg’oqlarida turizm loyihasi amalga oshiriladi. Undan sport maydoni, dam olish maskani, cho’milish havzasi, kemping zonasi joy oladi.

Viloyat rahbari tadbirkorlar bilan muloqot chog’ida loyihalarga o’z takliflarini berdi va jadallik bilan ishga kirishishni ta’kidladi.

XAVFSIZLIK TEXNIKASI – USTUVOR VAZIFA
To‘raqo‘rg‘on IESda xavfsizlik texnikasi oyligi davom etmoqda. Bu korxonada mehnat muhofazasini ta’minlashning muhim bosqichidir. Avtomatlashtirilgan texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari (TJABT) sexi bu ishda faol ishtirok etmoqda va ishlab chiqarish intizomini oshirish hamda jarohatlanish xavfini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

TJABT sexda jihozlarning holati va murakkab avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanish qoidalariga rioya etilishini qat’iy nazorat qilishga katta e’tibor qaratiladi, bu esa mutaxassislardan yuqori malaka va diqqatni talab qiladi.

Jarayonlar murakkab va texnologik jihatdan to‘yintirilgan bo‘lsa-da, TJABT sexi xodimlari xavf-xatarlarni minimalizatsiya qilish va ish sifatini oshirishga intiladi, barcha xavfsizlik texnika talablariga amal qiladi. Bu To‘raqo‘rg‘on IESning barqaror ishlashini ta’minlashga va yuqori ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini saqlashga xizmat qiladi.

Korxona xodimlari uchun xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, me’yoriy bazani takomillashtirish va zamonaviy himoya vositalarini joriy etish borasida ishlarni davom ettirmoqda. Bularning barchasi har bir xodimning muhim o‘rin tutadigan barqaror xavfsizlik texnika madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.

Komil UMIRZOKOV,

texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi sexi boshlig‘i v.b.

ILK AVTOMOBILLAR QANDAY YARATILGAN?
Avtomobil grek tilidan tarjima qilganda «avto» – o‘zi, «mobil» – harakatlanuvchi degan ma’noni anglatadi. Inson yoki jonivor mushaklari mehnatidan foydalanmay, sof texnik asosga ega ulovni yaratishga bo‘lgan harakatlar XVIII asrga borib taqaladi.

Inson mehnatisiz harakatlanuvchi avtomobilning ilk prototipi 1672-yilda katolik jamiyati a’zosi Ferdinand Verbist tomonidan yaratiladi. U Xitoy imperatoriga atab, bug‘ bilan harakatlanuvchi ulov – bug‘mobilni ishlab chiqadi. Bir marta ko‘mir yoqilganda taxminan 1 soatgacha harakatlansa-da, bu ulov ko‘proq o‘yinchoq ko‘rgazmaga o‘xshardi, undan yuk yoki yo‘lovchi tashish uchun foydalanib bo‘lmasdi.

Yoqilg‘ini energiya kuchiga aylantirib beruvchi dvigatelning ilk ko‘rinishini 1807-yilda shveysariyalik Fransua Isaak de Rivas ishlab chiqdi. Dvigatel vodorod bilan ishlar, harakat yuzaga kelishi uchun uchqun talab etilardi. De Rivasning ixtirosi boshqa olimlarni ham dvigatelni takomillashtirishga ilhomlantirdi.

Va 1885-yilda nemis injeneri Gotlib Daymler hozirgi ko‘rinishdagi dvigatelni yaratadi, shu yili karbyuratorni ham o‘ylab topib, ilk mototsikl uchun patent oldi. Dvigatel iqtisodiy jihatdan tejamkor va ixcham bo‘lgani uchun ham aynan Daymler dvigateli avtomobil yaratishga bo‘lgan ishonchni paydo qildi. «Otsiz harakatlanuvchi foytun». Biz tasavvur qiladigan ilk avtomobilning «katta bobosi» 1886-yilda nemis ixtirochisi Karl Bens tomonidan yaratilgan. Motorwagen deb nomlangan avtomobili uchun Bens Daymler dvigatelidan foydalandi. Bir yildan so‘ng ilk avtomobil sifatida patentlashtirilgan Motorwagen otsiz foytunni esga solardi.

Murodjon MAMADALIYEV,

1-sonli politexnikumning maxsus fan o‘qituvchisi.

GILOS PASHSHASI – EKSPORT KUSHANDASI
Aholi va bog‘dorchilik dehqon xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan gilos bog‘laridan yuqori va sifatli hosil olishda uning asosiy zararkunanda, kasalliklaridan o‘z vaqtida samarali himoya qilish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda gilosning eng asosiy va xavfli zararkunandasi bu gilos pashshasi, unga qarshi kurash choralari o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, hosilning miqdori va sifati 80-100 foizgacha yo‘qotilishi mumkin.

Bir ko‘rishda gilos pashshasini aniqlash qiyin. Ko‘pchilik bog‘bonlar uning mavjudligini faqat mevalarning zararlanishi ortib ketganda va hosil deyarli nobud bo‘lganda bilib qolishadi.

Har bir pashsha 150 taga yaqin gilos yoki olchaga bittadan tuxum qo‘yib zarar keltiradi.

Gilos pashshasi juda mayda bo‘lib, uzunligi 5,5 mm.ni tashkil etadi. Uning tanasi yorqin qora rangda, boshi va oyoqlari sariq, qanoti oq-qora bo‘lib, ko‘zlari mikroskop ostida och yashil rangda ko‘rinadi. So‘ng zararlangan mevalarni tark etib, yon-atrofdagi begona o‘tlar va daraxtlarning yoriqlariga kirib, g‘umbakka aylanadi.

Gilos pashshasiga qarshi agrotexnik kurash chora-tadbirlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, gilos va olcha daraxt shoxlariga fitosanitar shakl berish, ya’ni zararlangan va kasallangan shoxlarini kesish lozim. Bundan tashqari, qishlovda bo‘lgan gumbaklarini yo‘qotish uchun daraxtlar qator oralarini shudgorlash, daraxtlarning atrofi va qator oralarini begona o‘tlardan tozalash hamda mineral o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlashni nazorat qilib borish kabilar kiradi. Feromon tutqichlarini nafaqat nazorat uchun, balki gilos pashshasiga qarshi kurash chorasi sifatida ham ishlatish mumkin.

Bu hasharotga qarshi biologik kurash choralaridan biri oddiy oltinko‘zdan foydalanishdir. Bunda oltinko‘z lichinkalari juda yirtqich bo‘lib, bir sutkada o‘rtacha 15-20 ta pashshani yeb qo‘yadi. Kimyoviy kurash choralari, erta bahorda gilos va olcha daraxtlarini mineral-moyli emulsiyali preparatlari hamda ISO va Bordo suyuqliklari bilan ishlov berish lozim.

B.PAYZIYEV,

M.QIRG‘IZOV,

o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tuman bo‘limi davlat inspektorlari.

BO‘SH TURGAN DAVLAT OBYEKTLARI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOTNOMA OLISH
Davlat xizmatidan foydalanish uchun jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) (https://my.gov.uz/oz/service/662) orqali murojaat qiladilar.

Vakolatli organ: davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi.

Xizmat bepul ko‘rsatiladi.

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: real vaqt rejimida.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori (https://www.lex.uz/docs/7410867).

Sherzodbek UMMATALIYEV,

tuman adliya bo‘limi DXM yetakchi mutaxassisi.

YANGI XIZMAT TURI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinng 2025-yil 27-fevralda «Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 127-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu Reglament transport vositalarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Bunda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirishni ta’minlaydi.

VIN kodi uchta bo‘limdan iborat:

-ishlab chiqaruvchining xalqaro identifikatsiya kodi (WMI kodi);

-tavsiflovchi qismi (VDS);

-ko‘rsatuvchi qismi (VIS).

VIN kodi transport vositalarini identifikatsiya maqsadida beriladigan belgilarning tarkibiy kombinatsiyasi.

Ushbu xizmatning bajarilish muddati 6 ish kuni etib belgilangan. Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali ko‘rsatiladi.

Akramjon ISMOILOV,

tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi.

AYRIM TADBIRKOR VA YURIDIK SHAXSLAR DAVLAT BOJINI TO‘LASHDAN OZOD ETILADI
Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan «Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonunga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, ma’muriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki bo‘ysunuvi o‘zgartirilganligi natijasida tadbirkorlik subyektlarining va boshqa yuridik shaxslarning joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarganda ular qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

Shuningdek, sug‘urta qildiruvchilar majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bunda sug‘urta qildiruvchilar (sug‘urtalangan shaxslar, naf oluvchilar, jabrlanuvchilar) majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda va Iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

Javohir AHMADJONOV,

tuman adliya bo‘limi DXM katta mutaxassisi.

ELEKTRON RAQAMLI IMZO OLISH
my.gov.uz orqali «Elektron raqamli imzo olish» xizmati takomillashtirildi.

Mazkur xizmatdan foydalanishda bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar: Kompyuteringizga yangilangan E-imzo moduli o‘rnatilganmi? Agar bo‘lmasa, ushbu havola (https://e-imzo.soliq.uz/download/) orqali yuklab oling. Mobil qurilmangizda MyID ilovasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak: iOS (https://apps.apple.com/ru/app/myid-ozbekiston/id1562842955) operatsion tizimiga ega qurilmalar uchun; Android (https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.uzinfocom.myid &hl=ru&pli=1) operatsion tizimiga ega qurilmalar uchun; Xizmat natijasi esa bir zumda taqdim etiladi. Vazirlar Mahkamasining 348-sonli qaroriga asosan elektron raqamli imzo olish uchun jismoniy shaxslardan BHMning 7 foizi miqdorida (26250 so‘m) yig‘im

undiriladi. my.gov.uz orqali topshirilganda ushbu yig‘imga 10 foiz chegirma (23625 so‘m) taqdim etiladi.

MuhammadAHMADJONOV,

tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.

G‘ALLA MAYDONLARIDA ZARARKUNANDA, KASALLIK VA BEGONA O‘TLAR TARQALMASIN
Fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan bahorda bajarilishi zarur bo‘lgan agrotexnik tadbirlardan, g‘alla maydonlaridagi zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarni tarqalish xavfi yuqori bo‘lgan o‘choq maydonlarni doimiy nazoratga olish, g‘allani 1-2-oziqlantirishdan so‘ng biostimulyatorlar bilan bargdan oziqlantirish (suspenziya) ishlarini amalga oshirish, g‘alla ekilgan maydonlarning karta qirg‘oqlarini begona o‘tlardan tozalash, hosildorlik kamayishining oldini olish uchun zararkunandalar (shira trips, shilimshiq qurt, zararli xasva), kasalliklar (zang, un shudring), begona o‘tlar (bir yillik, ko‘p yillik, yovvoyi suli, raygres) g‘allasimon begona o‘tlarga qarshi havo harorati 10-15 darajadan yuqori bo‘lganda tavsiya etilgan gerbitsid, fungitsid, insektoakaratsid kimyoviy vositalari bilan ishlovlar o‘tkazish zarur.

Bundan tashqari, g‘alla maydonlaridagi zararkunandalarga qarshi biologik kurash oltinko‘z entomofagini 10×10 tizimda gektariga 1000-2000 donadan qo‘llash yaxshi samara beradi.

M.QIRG‘IZOV,

X.BOYDEDAYEV,

viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tuman bo‘limi davlat inspektorlari.

VIRTUAL VA KENGAYTIRILGAN REALLIKNING TA’LIM-TARBIYAGA TA’SIRI
Virtual (VR) va kengaytirilgan reallik (AR) texnologiyalari so‘nggi yillarda tez sur’atlarda rivojlanib, ta’lim jarayoniga yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Bu texnologiyalar o‘quvchilarni yanada qiziqarli, interaktiv va ta’sirchan o‘quv tajribasi bilan ta’minlaydi. An’anaviy ta’lim  usullari ko‘pincha nazariy bilimlarni o‘zlashtirishda cheklangan bo‘lib, amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari kam bo‘ladi. VR va AR esa o‘quvchilarni haqiqiy hayotda duch keladigan vaziyatlarga tayyorlash, ularni mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.

Masalan, VR texnologiyalari yordamida o‘quvchilar kimyo laboratoriyalarida xavfsiz sharoitda tajribalar o‘tkazishi yoki tarixiy voqealarni jonli tarzda boshdan kechirishi mumkin. AR esa o‘quv qo‘llanmalarini vizual materiallar bilan boyitib, mavzuni chuqurroq tushunishga yordam beradi. Shu sababli, ushbu texnologiyalarning ta’limtarbiyaga ta’sirini o‘rganish dolzarb va muhimdir.

Virtual va kengaytirilgan reallik texnologiyalari ta’lim jarayoniga integratsiya qilinib, o‘quvchilarni yanada faol, interaktiv va ko‘rgazmali tarzda o‘qitishga imkon yaratadi. Biroq bu texnologiyalarni qo‘llashda qator muammolar mavjud:

-moliyaviy xarajatlar va texnologik infratuzilmaning yetishmasligi;

-o‘qituvchilarning malakasizligi va tayyorgarligi yetarli emasligi;

-o‘quv dasturlarini moslashtirish va didaktik materiallarni tayyorlash murakkabligi.

Ushbu muammolarni chuqur o‘rganish va tegishli yechimlarni ishlab chiqish zarur. Virtual va kengaytirilgan reallikning o‘quv jarayoniga ijobiy va salbiy ta’sirlarini ko‘rib chiqamiz:

Ijobiy ta’sirlari:

-interaktivlik va qiziqishni oshiradi: VR va AR yordamida o‘quvchilar dars jarayoniga faolroq jalb qilinadilar.

Murakkab mavzularni vizualizatsiya qilish orqali tushunishni osonlashtiradi;

-motivatsiya va faollikni kuchaytiradi: o‘quvchilar texnologik yangiliklar bilan ishlashdan zavqlanadilar va bu ularning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi;

-amaliy tajriba imkoniyatlari: VR yordamida o‘quvchilar xavfsiz muhitda amaliy tajribalarni boshdan kechirishadi, bu esa nazariy bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.

Salbiy ta’sirlari:

-chalg‘ituvchanlik: o‘quvchilar texnologiyaning o‘yin xarakteriga berilib, asosiy o‘quv maqsadlaridan chalg‘ishlari mumkin;

-texnik cheklovlar va xarajatlar: VR va AR uskunalari qimmat va ularni joriy qilish uchun maxsus texnik infratuzilma talab etiladi;

-sog‘liq bilan bog‘liq muammolar: VR qurilmalari uzoq vaqt ishlatilganda ko‘z charchashi, bosh aylanishi yoki boshqa noqulayliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Virtual va kengaytirilgan reallik texnologiyalari ta’lim jarayonini interaktiv va qiziqarli qilishda katta imkoniyatlarni taqdim etadi. Ushbu tadqiqotda VR va AR texnologiyalarining o‘quvchilar motivatsiyasi, bilim olish jarayonidagi faollik va murakkab tushunchalarni osonlashtirishdagi o‘rni o‘rganildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, VR va AR vositalari ta’lim samaradorligini oshirish bilan birga o‘quvchilarning o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi.

Zunnura SODIQJONOVA,

1-sonli politexnikumning informatika fani o‘qituvchisi.