Zamonamiz qahramonlari – uychinoma.uz

DILSHODANING ILK KO‘RGAZMASI
Dilshoda Bobomir-zayeva 26-maktabning o’quvchisi. U 2-sinfda o’qib yurgan kezlari-danoq rassomchilikka qiziqqan. Uch yildirki, u Namangan davlat universitetida ustozi Baxtiyor Mamajonovdan rassomchilik sohasida bilimlarini mustahkamlab bormoqda. Kelajakda u Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutida o’qishni maqsad qilgan.

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Dilshoda o’zi o’qiyotgan maktabda «Bahor isi» nomli ilk ko’rgazmasini namoyish etdi.

E’tiborxon ISMOILOVA,

26-maktab direktorining MMIB o’rinbosari.

DILSHODANING ILK KO‘RGAZMASI
Dilshoda Bobomir-zayeva 26-maktabning o’quvchisi. U 2-sinfda o’qib yurgan kezlari-danoq rassomchilikka qiziqqan. Uch yildirki, u Namangan davlat universitetida ustozi Baxtiyor Mamajonovdan rassomchilik sohasida bilimlarini mustahkamlab bormoqda. Kelajakda u Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutida o’qishni maqsad qilgan.

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Dilshoda o’zi o’qiyotgan maktabda «Bahor isi» nomli ilk ko’rgazmasini namoyish etdi.

E’tiborxon ISMOILOVA,

26-maktab direktorining MMIB o’rinbosari.

YUKSAK EHTIROM
44-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Mahliyo Olimboyeva Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi miqyosida O’zbekiston – Singapur davlatlari hamkorligida tashkil etilgan xalqaro «Yuksak ehtirom» ilmiy-amaliy ko’rik-tanlovida faol qatnashib, esdalik ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

SINCHALAK
Uychida Ra’no opa desa, uni hamma yaxshi bilishar ekan. Telefonda gaplashdik.

-Dalamga kelavering, men yo’l-yo’lakay daladagilarga tarvuz olib boraman.

Hokimiyatdagilar yo’lning chap tomonida issiqxonasi bor bino opaning fermer xo’jaligi deb tushuntirishdi.

Uychida Muhitdin Valiyev hokimlik qilgan yillari bu yo’llardan ko’p o’tganman. Tuman markazi ham o’zgarib ketibdi. Yo’llar ancha kengaygan bo’lsa ham, tirband. Havo harorati qirqdan oshib yotsayam, tirikchilik qursin, odamlarda tinim yo’q. Nazarimda, hamma ko’chaga chiqib olganga o’xshaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda «zarurat bo’lmasa, ko’chaga chiqmang, issiqdan saqlaning, sog’lig’ingizni ehtiyot qiling» degan ogohlantirishlar. Shunday jazirama issiqda o’zing nima qilib yuribsan, deydigan odam yo’q.

Iloj qancha, xizmat safarimning har kuni rejali. Gazetachilik ham qiyin bo’lib ketdi. Gazetaga mehri bor, yozsa arziydigan qahramon topguncha u yoqqa chopasan, bu yoqqa chopasan. Ammo maqolang chiqqan kuniyoq hamma zahmatlaring unut bo’ladi. Kelgusi haftada yozish uchun yangi qahramon bilan uchrashganingda esa tilla topgan odamdek sevinib ketasan.

To’g’risi, maqola yozsa, bajonidil rozi bo’ladigan, gazeta o’qiydigan odamlar ham kamayib ketmoqda. Ko’pchilikning inon-ixtiyorini internet o’g’irlab qo’ydi. Shu ketish bo’lsa, bu kunimiz ham holva bo’lib qoladi, shekilli.

Shiypon yo’lning ichkarirog’ida ekan. Xayol bilan o’tib ketibman. Orqaga qaytdim.

«Zarbol Navoiy suvdan foydalanuvchilar» uyushmasi hududidagi «Barnogul ziyo fayz» fermer xo’jaligi nomi va ko’rsatkichlari yozilgan lavha ro’parasidagi ish o’rindig’iga o’tirdim. Har tugul, bu joyda shabada bor ekan.

Yoshi qirqlar atrofidagi polvonsifat kelbatli kishi «Jiguli»da kelib to’xtadi. U fermer xo’jaligi ish yurituvchisi Ismoiljon Tillaboyev ekan. Mehmon ekanligimni bilib, darrov choy damlab keldi.

Zamonaviy elektromobil ovoz chiqarmay yuradi. Opaning kelganini sezmay qolibman.

-Assalomu alaykum, kuttirib qo’ydim, uzr, -dedi u. -Fermerlik ham azob ish bo’lib qoldi. Suv xo’jaligidagilarga g’o’zalar suvsizlikdan shonalarini to’kib yuborayotganini aytsam, ishonishmaydi. Vakil jo’nataman, tekshirib ko’ramiz, deydi. G’o’zalarni qarang, sug’orish vaqti o’tib ketgani uchun barglari so’lib, shonalarini to’kaman, deb turibdi. Ertalabdan beri g’o’zalarimning ahvolini ko’rib, tomog’imdan ovqat ham o’tmadi. G’o’zalarning oyog’i yo’q – o’zi borib suv ichib kelolmaydi, tili yo’q – suv ichaman, deya olmaydi. Ahvolini ko’rib yig’layman.

G’o’zalariga rahmi kelib, suv muammosini hal qila olmay ilojsiz to’lib turgan ekanmi, Ra’no Qoriyeva o’zini tuta olmadi. Yig’lab yubordi. Qarshimdagi oltmishni qoralab qo’ygan ayolning ko’z yoshlarini ko’rib yuragim og’ridi. Yaqinda Prezident Farmoni bilan «Shuhrat» medali olgan, yutuqlari tufayli vazirlar ham shaxsan taniydigan, har bayramda viloyat hokimining olqishiyu mukofotlarini olib yuradigan fermerning holi shu bo’lsa-ya? Suv boshida turgan robotsifat kimsalar umri dalada o’tayotgan Ra’no Qoriyevani bilmasa-ya? Ayol qadrini, onasi tengi ona qadrini bilmagan g’o’za qadrini biladimi?

Qo’l telefoni jiringlab qoldi.

– Vakilingiz tezroq kelib ko’rsin ahvolni, – dedi u.

– Mamlakatga ibrat qilib yozsa arziydigan fermer sifatida tuman hokimi Shuhrat Musayev sizni tavsiya qildi, – deyman unga yuzlanib.

– Toshkentdan keldingizmi, o’zimizning Namangan gazetalaridan deb o’ylabman, yozadigan gaplar ko’p, – dedi u choynakka qo’lini uzatib.

– Ismoiljon, choyni yangilab beringlar!

Dadam rahmatli Faxriddin Qoriyev respublikada taniqli sudya bo’lgan. O’ta haqiqatgo’y inson edi. G’afur G’ulom bilan do’st edi. Oilaviy bordi-keldimiz bo’lgan. Akademik shoir G’afur G’ulom bir safar biznikiga kelganida rahmatli Buvzahro onamning ko’zi yorib, akam tug’ilgan ekan. «Men toshkentlik G’afur, sen uychilik G’afur» deb ismini qo’yib bergan ekan. Shoirimizning ayoli o’ta madaniyatli, eriga itoatli bo’lgani uchun ota-onam havas qilib opamning ismini Muharram qo’yishgan ekan. Shoirlarga, yozuvchilarga, jurnalistlarga hurmatimiz baland. Shuning uchun bo’lsa kerak, kitobga, gazetaga mehr qo’yganmiz.

Qarshimda odatdagi ilg’or fermer ayol emas, ziyoli oilaning o’qimishli vakilasi gavdalana boshladi.

– Akamning ko’zi yaxshi ko’rmasdi, – deya u hikoyasini davom ettirdi. – Beshinchi sinfda qo’limga birinchi marta badiiy kitob olganman. Akam: «Kitob o’qib ber, eshitayin», derdi. Onamning xat-savodi bo’lmasa-da, kitob o’qisam, akam bilan birga tinglab o’tirardi. Goh-gohida akamning ko’ziga qarab yig’lab, ko’nglini bo’shatib olardi. Ulg’ayganimizda ham kechgacha ishlab, uyga qaytgach, ovqatlanib, yana kitob o’qish boshlanardi. Navbat bilan ovoz chiqarib, qiziq-qiziq asarlarni o’qib berardik. Akam tez-tez «aqlsiz ko’zdan aqlli miya yaxshi» deb takrorlab yuradi. O’ziga tasalli beradi. Akamga kitobga bo’lgan mehrni yaratgan Alloh ato etgan bo’lsa kerak, deb o’ylayman. Agar uning ko’zlari ko’rganida bormi, umri kitob o’qish bilan o’tsa kerak, deb xayol qilaman.

Uning hikoyasini eshityapman-u, bugun ko’pchilik ko’zi ochiqlar ham kitob o’qimay qo’ygani sababini anglay olmay hayronman.

Ra’noxon Qoriyevaning aytishicha, u bolaligida qo’shiqchi bo’lishni orzu qilgan. Dadasi: «Qo’y, qizim, boshqa kasbni tanla», deb unga qarshilik qilgan ekan.

– Shunday bo’lsa-da, qo’shiq xirgoyi qilib yuraman, – dedi u quvnoq ovoz bilan. – 1989-yili Toshkent qishloq xo’jaligi instituti (hozirgi Toshkent davlat agrar universiteti)da o’qirdim. «Navro’z» bayramida institut fakultetlari orasida badiiy havaskorlarning ko’rik-tanlovi bo’ldi. Rektorimiz Erkin Shayxov havaskorlar chiqishlarini ko’rib yurib, bizning davraga kelib qoldi. Katta domlamizga kelin salom aytib bersam, xursand bo’lganidan 25 rubl pul bergani haliyam ko’z o’ngimda turibdi.

O’shanda yaxshi qo’shiq aytganim uchun guruhimiz g’olib bo’ldi, evaziga butun gruppamizdagi kursdoshlarim institut hisobidan Shohimardonga dam olishga borgandik.

Traktor haydashni yaxshi ko’raman. qo’shiq aytib haydab yurardim. Turmush o’rtog’im: «Yana traktor minganingni ko’rsam, qattiq xafa qilaman», deganidan keyin traktorga o’tirmay qo’ydim. Bundan o’ttiz besh yil avval haydovchilik guvohnomasini olganman. Chiroyli, zamonaviy avtomobilni haydashning ham gashti bor.

– Ishda ham, oilada ham namunaviy ayollar qatorida jahon besh yuztaligiga kirgan ekansiz, bu maqomga qanday erishgansiz? – deb fermer suhbatdoshimizdan so’radim.

– Avvalo, ota-onamning, qaynona-qaynotamning xizmatlarini og’rinmay qilganim evaziga olgan duolarim uchun bo’lsa kerak. Har juma kuni erta turib ibodatimni qilib, erim tomondagilarni, o’zimning urug’larimni, hech bo’lmasa, to’rtta non ko’tarib yo’qlab chiqaman. Qaynonam Chinnixon onamni onamdek yaxshi ko’rganman. To’yga borsak, «qizim qo’shiq aytib bersin», derdi. Azaga borsak, Qur’on o’qitardi. Ovozimga mahliyo bo’lib, duo qilib o’tirardi. Ayol kishi hech qachon qilgan ishini gapirmasligi kerak. Kir yuvish, xamir qorib non yopish, ovqat tayyorlash ishmas, yo’l-yo’lakay bajarib ketiladigan arzimagan yumush-ku! Hozirgi yosh kelinlar shu yumushlarga ham tobi yo’q. Shu bois oilaviy qo’ydi-chiqdilar ko’p. Nasihat qilsang, qulog’iga olmaydi. Qanaqa zamon bo’ldi-ya?!

– Kimning qo’shiqlarini aytasiz?

– Habiba Oxunova qo’shiqlarini maza qilib aytaman.

Qo’s hiq aytib mehnat qilay keng dalalarda,

Qo’shiqlarim sizga, do’stlar, manzur bo’lsa bas.

Katta to’yda kuylay-kuylay qo’shiq bir nafas,

Qo’shiq kirgan uyga, do’stlar, qayg’u yo’llamas.

Ochig’i, Ra’no Qoriyevaning ovozini eshitib, lol qoldim. Haqiqiy iste’dod sohibasi ekan.

– Ovozingizga gap yo’q. Kam bo’lmang, charchoq ham chiqib ketdi. Ustozlaringiz haqida ham gapirib bersangiz…

– Uchqo’rg’onda Gulxumor Tog’ayeva degan ustozimiz – hoji onamiz bor. Har sohada balandda yuradi. Ham ustoz, ham onamiz kabi mehribon. Dekabrda yetmishga kiradi. Etagidan mahkam ushlaganman. U mening hayot maktabim. Bir paytlar tumanimizni boshqargan rahmatli ustozim Tursunpo’lat Mirzamahmudovni eslab, haqqiga duo qilib yuraman. Ko’p yaxshi fazilatlari bor edi. Meni «Sinchalak» derdi.

– Sinchalak nomini eshitsam, Nosir Otaxonov haqida yozgan «Chinor shoxidagi sinchalak» kitobim yodimga tushadi.

– Rahmatli Nosir aka Otaxonov ajoyib ustoz edi. U Namanganga g’alla urug’chiligini olib kirgan katta olim edi. O’limidan uch kun oldin menga qo’ng’iroq qilib: «Ra’noxon, ish yuzasidan sizni xafa qilgan joyim bo’lsa meni kechiring», deb qoldi. «Ustoz, hech qachon meni xafa qilmagansiz, har doim yordam bergansiz», desam, juda xursand bo’lgandi. Har ikkala ustozlarimizning ham oxiratlari obod bo’lsin!

Safar davomida yurtimizda halol mehnat qilib, tinib-tinchimas va fidoyi insonlardan yana biri bilan tanishganimdan xursand edim. Chunki qahramonimiz xuddi atoqli yozuvchi Abdulla Qahhor yozgan «Sinchalak» asaridagi bugungi rahbar, haqiqiy qahramon zamondoshimiz edi. Jonkuyar, kuyunchak, mehnatkash bu ayolning topgani oltin bo’lsin, deb ko’ngildan niyat qildim.

Ha, ustozlari izidan yurib, el-yurt nazariga tushgan Namangan yulduzlari kabi porlab turgan Ra’noxonlar bor bo’lsin!

Muhammad KENJA,

publisist.

(«Hurriyat» gazetasining 2025-yil 6-avgust

31-sonidan olindi).

E’TIROF
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi tomonidan xalq deputatlari Uychi tumani Kengashi kotibiyati «Birinchi yarim yillikning eng yaxshi Kengash kotibiyati» deya e’tirof etildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Nargiza Dedaxanova boshchiligidagi jamoa va tuman Kengashi deputatlari faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

HARBIY ONASIGA ESDALIK NISHONI TOPSHIRILDI
Qahramon mahallasida yashovchi Jamilaxon opa va Abdurahim aka O’rmonovlar xonadoni namunali oilalardan. Ular ikki o’g’ilni voyaga yetkazishdi.

Oilaning to’ng’ichi Mirzohid Abdug’afforov harbiylikni tanladi. U Vatanga sidqidildan xizmat qilib kelmoqda. Shunday mard, jasur, sadoqatli o’g’il farzand tarbiyalab ulg’aytirganlari uchun harbiy qism komandiri, podpolkovnik M.Safarov nomidan «Tashakkurnoma» hamda Jamilaxon Mirzolimovaga «Vatan himoyachisining onajoniga» estalik nishoni tantanali topshirildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Dedaxanova, Qahramon MFY raisi K.Yunusova, jamoatchilik vakillari onaxonni qutlab, samimiy tilaklar bildirishdi.

Mohira XOLMIRZAYEVA,

tuman Kengashi deputati.

JAMILA PO‘LATOVA «AXBOROT-KUTUBXONA A’LOCHISI»
«Central Asia – 2025»: fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari» XVIII Xalqaro konferentsiyasi doirasida axborotkutubxona sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan fidoyilardan bir guruhi «Axborot-kutubxona a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ular orasida tuman axborot-kutubxona markazi axborot-bibliografiya xizmati rahbari Jamila Habibullayevna Po‘latova ham bor.

Ma’lumot uchun, Jamila Po‘latova qariyb 35 yildan buyon kutubxonachilik sohasida faoliyat ko‘rsatadi.

U faoliyati davomida tumanda kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini oshirish va yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish borasida sezilarli yutuqlarga erishgan. «O‘zbekiston Mustaqilligining 10 yilligi» esdalik nishoni sohibasi.

METIN IRODALI AYOL
Hayotning biz ko‘rib, bilmagan nene sir-sinoatlari bor. Ana shu kezlarda inson sabru bardoshi, irodasi toblanadi, sayqallanadi.

Qahramonim Husnora Sattarova ham yillar suronida bardoshli metinday toblanganlardan.  Husnora asli Yangiqo‘rg‘onda tavallud topgan. Buni qarangki, ko‘zi ojiz bo‘lib dunyoga keldi. Biroq yoshgina qizaloq o‘zidagi bu tug‘ma nuqsonni yengib o‘tib, barcha sog‘lom bolalar bilan bir qatorda bog‘chada tarbiyalandi. Keyinchalik maxsus ko‘zi ojizlar maktab-internatida o‘qiy boshladi.

Uning qo‘shiqchilikka bo‘lgan qiziqishi adabiyotga mehrni kuchaytirdi. Husnoraning fanlarni zo‘r berib o‘zlashtirishi, maqsadiga bo‘lgan intilishi uni NamDUga yetaklab keldi. U grant asosida o‘qishga kirdi. Universitetniyam a’lo baholarga tamomladi. Turmush qurdi. Barchasi izga tushgandek edi go‘yo.

Biroq taqdirning yana boshqa imtihonlari ham bor ekan, ajabo. Oilada tug‘ilgan ikki farzand ham ko‘rish sohasida nuqsoni bilan dunyoga keldi. Husnora opa bugungi kunda farzandlariga ham hayotda kurashib yashash, maqsad yo‘lida «suv kelsa simirish – tosh kelsa, kemirish»ni o‘rgatishdan aslo tolmaydi.

Bugun men to‘rt muchasi sog‘ bo‘la turib, hech bir ishning boshini tutmagan, davlat idoralari eshigiga turvolib, «ber-ber»dan charchamaydigan insonlarni ko‘rib, ular qanchalar baxti qaro kishilar ekaniga amin bo‘laman.

Nazarimda, haqiqiy baxtli insonlar Husnora Sattarova kabi hamyurtlarimizdir. Bugun tumandagi

33-maktabda birga faoliyat yuritib kelayotgan Husnora opa men uchun mashaqqatlarni mardonavor yengib o‘tgan metin irodali ayol timsolida gavdalanadi.

Gulbahor DADABOYEVA.

ТИНЧЛИК «ҚУРОЛИ»
Бугун дунёнинг қайсидир бир бурчагида нотинчлик, талатўп, табиий офатларни кўриш мумкин. Бизда бебаҳо, ҳеч нимага алишиб бўлмайдиган шундай  неъмат борки, бу  –  тинчлик. Хотиржам ухлаймиз. Осмонимиз мусаффо. Бу бахт эмасми?

Кимлардир турли қуролларни ишлатиб, жабр келтирмоқда. Кимлардир юртни обод қилмоқда.

Ҳар гал туман ободонлаштириш бошқармаси ишчи-ходимларини кўрганимда, юрт ободлигига  ҳисса қўшаётган бу камтарин инсонларнинг меҳнатига юқори баҳо бераман. Юзларида самимийлик балқиб турган бу инсонларнинг қўлларида тинчлик «қуроли». Улар юртни, туманимизни обод қилишяпти.

Нодирахон  Жўраева раҳбарлигидаги бригада Қумтепа ёшлар  кичик саноат зонасида иш олиб бораётган пайт жамоани суратга муҳрладик. Асло чарчаманг, озодалик жонкуярлари!

Муҳаммадали ҚАМБАРОВ.

УЙЧИЛИК САОДАТХОН ЭГАМОВА – «ЙИЛ АЁЛИ»
23-мактаб қошидаги «Наманган қалқон махсус гуруҳ» НТМ таъсисчиси ва бош директори Саодатхон Абдулмаликовна Эгамова «Йил аёли – 2024» миллий танловининг республика босқичида «Йилнинг энг янги ғоялар ташаббускори» номинацияси бўйича ғолиб бўлди ва тақдирланди.

Яқинда Ўзбекистон Муайтай ассоциацияси томонидан 2024  йилда амалга оширилган ишлар сарҳисоби ва 2025 йилдаги режалар юзасидан ўтказилган йиғилишда республика ва халқаро мусобақаларда энг юқори натижаларни қайд этган ҳамда энг фаол бўлганлар тақдирланди. Улар орасида «Наманган қалқон махсус гуруҳ» НТМ ҳам бор. 2024 йил давомида мазкур муассаса курсантларининг юздан ортиғи Ўзбекистон чемпиони ва жаҳон чемпионати совриндори бўлганлиги боис муассаса «Йилнинг энг фаол ҳамкор ташкилотчиси» дея эътироф этилди.

Спорт вазири ўринбосари Авазжон Каримов муассаса раҳбари Саодатхон Эгамовани қутлаб, статуэтка ҳамда «Ташаккурнома»ни топширди.

Фидойи, талабчан, меҳрибон устоз Саодатхон Абдулмаликовнани самимий қутлаймиз!