OCHIQ DARSDA AMALIY KO’NIKMALAR

18-maktabning texnologiya fani o’qituvchisi Shohida Bo’ranova tomonidan 7-«A» sinf o’quvchilari ishtirokida «Go’sht va baliq mahsulotlari. Amaliy mashg’ulot. Mimoza salatini tayyorlash» mavzusida ochiq dars o’tkazildi. Dars zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ilgor ta’lim metodlaridan samarali foydalangan holda, ko’tarinki kayfiyatda tashkil etildi.

Dars davomida o’quvchi qizlar mavzu yuzasidan o’z bilim va ko’nikmalarini namoyon qilib, amaliy mashg’ulotda faol ishtirok etdilar. Ayniqsa, «Mimoza» salatini tayyorlash jarayoni qiziqarli tarzda o’tdi.

Bunday amaliy mashgulotlar o’quvchilarning oshpazlik mahoratini oshirish, mustaqil ishlash va kundalik hayotda zarur bo’lgan ko’nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Add a Comment