8-NOYABR – TIBBIYOT XODIMLARI KUNI
Xalqimiz salomatligi yo’lida fidokorona mehnat qilayotgan shifokorlarimiz borki, ular kunni tunga, tunni kunga ulab, inson hayoti va salomatligi uchun doimo kurashadilar.
Ularning mashaqqatli mehnati, kasbiga sadoqati, mehr-muruvvati va bemorlarga bo’lgan e’tibori har qanday e’tirofga munosib.
Bayramingiz muborak bo’lsin, aziz shifokorlar!
Suratlarda: tuman tibbiyot birlashmasi hamda markaziy kasalxona bo’limlarida faoliyat yuritayotgan soha fidoyilaridan bir guruhi.

