YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA
Cho’rtuk mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat boshlagan «Mirsaid Mirshohid OIL» xususiy korxonasida kungaboqar mahsulotlarini qayta ishlash yo’lga qo’yildi.
Tadbirkor Temur Bahodirov tomonidan tashkil etilgan mazkur korxona shu oydan o’z faoliyatini boshlagan bo’lib, ayni paytda oyiga 30 tonna kungaboqar mahsuloti qayta ishlanmoqda.
Korxona to’liq quvvatda ishlaganda yiliga 300 tonna mahsulotni qayta ishlash hamda 15 ta yangi ish o’rni yaratish imkoniyatiga ega. Hozirgi kunda esa 10 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan.
«Yoshlar kuni» tadbirlari doirasida tuman hokimi Muzaffar Abdullayev, sektor rahbarlari mazkur korxona faoliyati bilan tanishdilar. Tadbirkor bilan suhbat davomida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va yangi ish o’rinlarini ko’paytirish masalalariga e’tibor qaratildi. Tadbirkorlik tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, yoshlarning bandligini ta’minlash hamda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Anvarjon TOJIBOYEV,
tuman Kengashi deputati.

