UYCHILIK YOSH KARATECHILAR XALQARO MAYDONDA MUNOSIB NATIJALARGA ERISHDI
30-31-oktyabr kunlari Sirdaryo viloyatida karate WKF sport turi bo’yicha an’anaviy «PREMIUM CUP» xalqaro turniri bo’lib o’tdi.
10 dan ortiq davlatdan ming nafardan ziyod sportchi ishtirok etgan ushbu nufuzli musoba-qada 1-son sport maktabi karate WKF tarbiyala-nuvchilari ham munosib qatnashib, 5 ta medalni qo’lga kiritishdi.
G’olib va sovrindorlar:
Farina Yo’ldosheva – 1-maktab, oltin medal.
Oyshabegim Sultonova – 6-maktab, bronza medal.
Aziza Parpiboyeva – 11-maktab, oltin medal.
Mustafo Ubrohimov – 40-maktab, kumush medal.
Irodaxon Turg’unboyeva – 1-maktab, kumush medal.
Ushbu natijalar yosh sportchilarning muntazam mashg’ulotlari, murabbiylarning fidokorona mehnati va yaratilayotgan shart-sharoitlar samarasidir.
Sportchilarni musobaqaga tayyorlash va ularning xalqaro maydonda o’z iqtidorini namoyon etishi uchun imkoniyat yaratib berayotgan Yurtboshimizga, Namangan viloyati hokimligiga, Uychi tumani hokimligiga hamda 1-son sport maktabi rahbariyatiga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
I.BOYASTANOV,
1-son sport maktabi karate WKF murabbiyi.

