REFERENDUM TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKDA NIMA O‘ZGARDI

2022-yilning 16 iyunida Prezident tomonidan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-779-son Qonuni imzolandi va shu sanаdan kuchga kirdi.

Ushbu qonunga muvofiq referendum to`g`risidagi qonunchilikka hamda Saylov kodeksiga ham bir qator o`zgartirishlar kiritildi.

Jumladan ushbu qonunnig 8-bandi birinchi qismida referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egaligi belgilandi.

— boshqa davlatlardan va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarga mandatlar beradigan organ belgilandi. Bu — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi. Qo‘shimcha 8-moddaning 3-qismiga kiritildi

— 9-modda 3-qismga ko‘ra, kuzatuvchilar harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalariga borishi haqida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasini kamida uch kun oldin xabardor qilishi kerak;

— referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyasining a’zosi bo‘la olmaydigan shaxslar belgilandi. Ularga siyosiy partiyalarning a’zolari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari, fuqarolarning tashabbuskor guruhi tarkibiga kiruvchi shaxslar kiradi. O‘zgartirish 23-moddaga kiritilgan;

— 24-modda 4-qism bilan to‘ldirildi va unga ko‘ra, referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning a’zolariga referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan miqdorda transport, ovqatlanish xarajatlarining va boshqa xarajatlarning o‘rnini qoplash maqsadida kompensatsiya to‘lanadi;

— Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan Oliy sudga shikoyat qilish muddati qisqartirildi. Ilgari bu muddat 10 kunni tashki letardi. 25-moddaga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda bu muddat 5 kunni tashkil qiladi;

— 4 bo‘lim, referendum o‘tkazuvchi komissiyalar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi va chet davlatlarda turgan fuqarolarni ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlariga kiritish haqidagi normalarni o‘z ichiga oladigan 25-1 hamda 26-1-moddalari bilan to‘ldirildi.

Sayl ovkodeksiga:

— 9-modda xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarining tuzilish tartibi va ularning sonini aniqlash to‘g‘risidagi normalarni o‘z ichiga olgan 7 va 8-qismlar bilan to‘ldirildi;

— 15-bob yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi to‘g‘risidagi 93-modda bilan to‘ldirildi.

“O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida»gi Qonunga:

— ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari hal etilayotganda saylov okruglarining chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi 40-1-modda bilan to‘ldirildi.

I.RAHIMOV,

tuman adliya bolimi yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti.