HUQUQIY SOHADAGI ISLOHOTLAR SAMARASI
So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar samarasi o‘laroq, 2020-yil 9-may kuni davlatimiz
rahbari tomonidan imzolangan «Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va
muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmon bilan shahar va tuman adliya bo‘limlari huzurida davlat tashkilotlariga yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlari tashkil etish belgilandi.
Namangan shahri va Qarshi tumani, Andijon viloyati Marhamat tumanlarida eksperiment tariqasida tashkil etilgan yuridik markazlar ijobiy samarasini ko‘rsatganidan so‘ng, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyunda «Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 5168-sonli qarori qabul qilindi va respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etildi. Ushbu qaror bilan yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining asosiy vazifalari etib yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning mulkiy hamda boshqa huquq va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish ekanligi belgilandi.
Davlatimiz rahbarining 2022-yil 18-martdagi 173-sonli «Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyati yanada kengaydi. Avvallari yuridik xizmat ko‘rsatiluvchi tashkilotlarning soni 12 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yil 1-avgustdan boshlab quyi bo‘g‘indagi yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan ayrim davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar ham yuridik xizmat ko‘rsatiluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritildi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, markazlar faoliyatining asl maqsadi – davlat organlari va tashkilotlarida qonuniylikni ta’minlash orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolar va qonunbuzilishlarning oldini olish hamda muammolarga joyida huquqiy yechim topishga ko‘maklashish, muammolarni sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar darajasigacha olib chiqmasdan, tezkorlik bilan huquqiy jihatdan hal qilish, qolaversa, tashkilotlar rahbar-xodimlarining ortiqcha ovoragarchiligining oldini olishga qaratilgan bo‘lib, bu vazifalarni ta’minlash natijasida o‘z navbatida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashish orqali ularda sun’iy ravishda ish hajmi ortishiga yo‘l qo‘ymaslikka erishish sanaladi.
A.DEHQONOV,
tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i, 3-darajali adliya maslahatchisi.

