MA’RIFAT ULASHIB…

Respublika «Nuroniy» jamg‘armasi tuman bo‘limi va bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan joylarda ma’naviyma’rifiy uchrashuv hamda yoshlar ta’lim-tarbiyasi mavzularida muloqotlar bo‘lib o‘tmoqda.

35-maktabda o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida viloyat Kengashi deputati, «Nuroniy» jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi T.Ismatillayev, tuman bosh imom xatibi O.Isoqov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi D.Abdiqaxarov, ma’rifat targ‘ibotchilari M.Yuldashev, A.Najmiddinovlar xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni odob-axloq, ilm-ma’rifatga chorlash bo‘yicha ma’ruzalar qilishdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi «2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1-sonli qarori mazmunmohiyati tushuntirildi.

Viloyatdagi bunyodkorlik ishlarini o‘zida aks etgan «Bugungi Namangan» nomli videolavha namoyish qilindi. Maktab direktori I.Egamberdiyev maktab-mahalla-oila hamkorligi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

Bunday targ‘ibot tadbirlari hududlarda davom etmoqda.

A’zamjon MO‘YDINOV,

tuman Kengashi deputati.