«AYOL – YUKSAK MA’NAVIYAT SOHIBASI»
O‘zLiDeP tuman kengashi «Ayollar qanoti» tashabbusi bilan tuman madaniyat markazida «Ayol – yuksak ma’naviyat sohibasi!» loyihasi doirasida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda O‘zLiDeP tuman kengashi apparat rahbari S.Bozorboyeva, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi boshlig‘i E.Yunusova, tuman Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan deputat G.Hakimovalar so‘zga chiqib, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va milliy qadriyatlarni targ‘ib qilishda ma’rifatli ayollar salohiyati, ularning huquqiy va madaniy savodxonligini oshirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikdagi faoliyati haqida mulohazalar bildirishdi.
Tumanda uzoq yillar faoliyat olib borgan hamda partiya ishlarida faol ishtirok etayotgan ma’rifatli ayollar e’tirof qilinib, ularga partiya tomonidan «Tashakkurnoma» va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

