O‘QUV AMALIY SEMINAR

Namangan viloyati tumanlarida belgilangan jadval asosida xorijiy g‘o‘za navlarini ekish bo‘yicha o‘quv ilmiyamaliy seminarlar bo‘lib o‘tdi. Tumanimizdagi Namangan ilmiy tajriba stansiyasi rahbari X.Hojimatov, tuman hokimi Sh.Musayev, agroxizmatlar markazi mutaxassislari hamda tegishli tashkilot, fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida seminar yig‘ilish o‘tkazildi. Unda 2025-yilda xorijiy paxta navlari, xususan, ko‘sak qurti va gerbitsidlarga chidamli (BT) bo‘lgan «Xin Lu Zao 78» navining xususiyatlari va afzalliklari, ilg‘or agrotexnologiyalarni qo‘llagan holda hosildorlikni oshirish, ekish uchun talab etiladigan 76 sm. va 76×10 sm. sxemalarga moslashgan seyalkalarni olib kelish, mavjudlarini sozlash bo‘yicha kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Viloyat agroxizmatlar markazining tuman bo‘limi bosh mutaxassisi Sadriddin Turg‘unov tomonidan uslubiy qo‘llanmalar tarqatildi.