TARG‘IBOT TADBIRLARI

2-sonli DMTTda gelmintoz kasalligining oldini olish va unga qarshi kurash bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

«Gijja kasalligiga qarshi kurash haftaligi»da ota-onalarga kasallikning salbiy oqibatlari, oldini olish bo‘yicha bajarish kerak bo‘lgan ishlar haqida telegram guruhlari orqali ma’lumotlar berilmoqda. Muassasada hamshira va pedagoglar tomonidan bolalarga gigiyena qoidalariga rioya

etish, qo‘l yuvish qoidasi haqida tushunchalar berildi. Barcha kasalliklarning oldini olish uchun sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ya’ni sanitariya, gigiyena qoidalariga rioya etish, sog‘lom ovqatlanish kerakligi chora-tadbirlar orqali tushuntirildi.

Naimaxon IMAMOVA,

DMTT direktori.