XALQIMIZ FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-fevral kuni «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yili»da amalga oshirishga oid davlat
dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi.
Dasturda iqtisodiyotni rivojlantirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni yaxshilash, onatabiatni asrash, davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi. Shu bilan birga, tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash, aholi tibbiy madaniyatini kuchaytirish, farovonligini oshirish, umuman olganda, xalqimiz uchun xizmat qiladigan chora-tadbirlar kiritildi.
«O‘zbekiston – 2030» strategiyasi fuqarolarimiz turmush tarziga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatimiz innovatsion rivojlanish va jahon iqtisodiyoti yo‘lida, albatta, o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.
Naimaxon IMAMOVA,
viloyat Kengashi deputati.

