GIYOHVANDLIK BALO KELTIRDI
Hamyurtimiz A.S. biror bir ijtimoiy foydali mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmasdan qasddan jinoyat sodir etish yo‘liga kirib, giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar turkumiga kiruvchi g‘ayriqonuniy faoliyat bilan shug‘ullangan.
Ya’ni tuman IIB xodimlari tomonidan shubhali ko‘ringan avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechiriladi. Unda yo‘lovchi sifatida o‘tirgan A.S.ning yonidan esa sof massasi 0,58 grammga teng bo‘lgan gashish giyohvandlik moddasi topiladi.
Endilikda A.S. o‘z jinoyati uchun qonun oldida javob beradi.
N.MURODOV,
tuman IIB huzuridagi TB TG tergovchisi, kapitan.

