MAHORAT, TAJRIBA, BILIMLAR NAMOYISHI

37-maktab psixologi Feruza Qodirova yuqori sinf o‘quvchilari bilan «Zamonaviy kasblar va elektron qurilmalar» mavzusida ochiq mashg‘ulot o‘tib berdi. Mashg‘ulotni 10-sinf o‘quvchisi Bahromjon Jaloliddinov trener o‘qituvchi sifatida olib bordi. O‘quvchilar bahs-munozara, jamoaviy ishlash va yangi loyihalar g‘oyalarini birgalikda ishlab chiqishdi. Ochiq mashg‘ulotda ishtirok etgan tuman IIB boshlig‘i U.Eshonov, 4-sektor rahbari M.Qodirov, tuman hokimligi vakillari A.Sobirov, J.Qosimov, tuman MMTB boshlig‘i M.Mo‘minov, yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbari M.Zoitov, tuman MMTB tashxis bo‘limi rahbari M.Ergashevlar o‘quvchilarning ikki-uch tilda bemalol so‘zlasha olishi, dars davomidagi mahoratlari va bilimlariga yuqori baho berishdi. O‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bahromjon G‘aybullayev boshchiligidagi maktab jamoasiga muvaffaqiyatlar, yangi marralarni zabt etishlari tilandi.