«TABIATDA RANGLAR JILOSI»

Yosh avlodga badiiy ta’lim-tarbiya berishda, tevarakatrof, borliqni estetik jihatdan idrok etish va o‘rganishda tasviriy san’atning o‘rni katta. 5-maktabda tasviriy san’at o‘qituvchisi Ravshanbek Oxunov tomonidan 4-«B» sinf o‘quvchilari ishtirokida «Tabiatda ranglar jilosi» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Dastlab, buyuk bobokalonlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur haqida o‘quvchilar tomonidan ma’lumotlar berildi. Dars zamonaviy tarzda, axborot texnologiyalar va ko‘rgazmalardan keng foydalangan holda olib borildi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari E.Yunusova, tuman Kengashi deputatlari A.Nasriddinov, A.Parpiyevlar ishtirok etib, dars haqida fikr-mulohazalar bildirishdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yosh avlodni tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishi, milliy qadriyat, urf-odatlarga hurmat hissi, ularning ichki olami, orzularini ranglarda, qog‘ozda aks ettirishga o‘rgatishdir.

SayyoraxonAHMADALIYEVA,

Xizirobod MFY ma’rifat targ‘ibotchisi.