AYOL – QADRIYATLAR DAVOMCHISI
2-sektor hududidagi Cho‘rtuk mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi tomonidan «Ayol – qadriyatlar davomchisi» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda tuman hokimi Sh.Musayev hamda sektor rahbarlari qatnashdilar. Mahalla hududidagi xonadonlarda sumalak sayli, osh tanlovi, sport va madaniy, musiqiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi 3, 16, 21, 45-maktablar, 37, 44, 47-DMTTlar jamoalari ham faol qatnashdilar.
Tadbir davomida tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokorlari tomonidan tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. Hunarmand xotin-qizlarning qo‘l mehnati bilan tayyorlagan ko‘rgazmalari, milliy kuy-qo‘shiq va raqslar, urf-odatlar namoyishi barchaning e’tiborini tortdi.
Tadbir nihoyasida faol xotin-qizlar vakillari taqdirlandi.
Tohirjon ISMATILLAYEV,
viloyat Kengashi deputati.

