TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN XOTIN-QIZLARGA IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISH
O‘zbekiston Republikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi «Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 175-sonli qarori mamlakatimizda zo‘ravonlikdan aziyat chekkan shaxslarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmat sifatining takomillashtirishi bilan birga, xotin-qizlarning huquqlari kafolatlarini ta’minlaydi. Tahlillarga ko‘ra, tumanda istiqomat qiluvchi tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga 2024-yil yanvar-dekabr oylari davomida berilgan himoya orderlari 177 tani tashkil etib, o‘tgan yil mos davriga nisbatan 18 taga yoki 11,3 foizga oshgan. Shundan jismoniy zo‘ravonlikdan jabrlanganlar 48 tani, ruhiy zo‘ravonlikdan jabrlanganlar 104 tani, tazyiqqa uchraganlar 15 tani tashkil etadi. Asosan 85,5 foiz holatda oilaviy munosabatlar orqali yuzaga kelgan tazyiq va zo‘ravonlik shakllari namoyon bo‘ladi.
Shuningdek, bugungi kunda o‘tgan davr mobaynida berilgan 177 ta himoya orderidan 16 tasi tugatilgan. Jumladan, 114 ta himoya orderi olgan oila vakillari yarashtirildi, 40 ta himoya orderi olgan fuqaro o‘rtasida yuzaga kelgan nizolar bartaraf etildi hamda 7 ta himoya orderi olgan fuqaro tuzilgan nikohi bekor qilindi.
Tuman «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan tumandagi 56 ta mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, muqaddam tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan hamda himoya orderi olgan xotin-qizlar bilan ish olib borildi. Tashkil etilgan suhbatlarda shu narsa aniq bo‘ldiki, jabrlangan xotin-qizlarning fikrlash jarayonlarida ma’naviy qashshoqlik, bilimsizlik hamda qonuniy manfaatlarini anglamaslik kabi alomatlar kuzatildi. Bu esa oiladagi farzandlarining tarbiyasiga jiddiy zarar yetkazishi bilan birga, ularning ruhiyatida salbiy oqibatlar vujudga kelishiga olib keladi.
OrifjonXUDAYBERDIYEV,
tuman «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi.

