XODIM TA’TIL JADVALIDA BELGILANGANIDAN OLDINROQ TA’TILGA CHIQMOQCHI, ISH BERUVCHI BUNGA QARSHILIK QILISHI MUMKINMI?

Ta’til jadvalida belgilangan muddat deyilyaptimi, demak, xodim ikkinchi va undan keyingi ish yillarida ishlamoqda. Mehnat kodeksining 228-moddasida ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta’tilini berish har ikki tomon uchun majburiy bo‘lgan ta’tillar jadvali bilan belgilanishi ko‘rsatilganda, ya’ni ta’til jadvali ish beruvchi uchun ham, xodim uchun ham majburiydir.

MKning 228-moddasi oxirgi qismida «jadvalda belgilangan har yilgi mehnat ta’tilini berish vaqti xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan o‘zgartirilishi mumkin», deyilgan. Bu qoidaning mazmuni xodim ta’til jadvalida ko‘rsatilgan muddatdan boshqa muddatda mehnat ta’tiliga chiqmoqchi bo‘lsa, buning uchun ish beruvchining kelishuvi, ya’ni rahbarning roziligi kerak bo‘ladi.

Sh.DADABOYEV,

tuman adliya bo‘limi YXKM bosh yuriskonsulti.