YAXSHI DAM – MEHNATGA HAMDAM
Tuman hokimligi va madaniyat bo‘limi hamkorligida aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish hamda ko‘ngilli dam olishlarini tashkil qilish maqsadida turli madaniyma’rifiy tadbirlar tashkil qilinmoqda.
Tuman madaniyat markazida navbatdagi konsert dasturi bo‘ldi. Unda «Tarona» ashula va raqs xalq ansambli xonandasi Mavjuda Hamroyevaning «Bebaho» deb nomlangan konsert dasturi taqdim qilindi.

