EL DASTURXONI TO‘KINLIGI YO‘LIDA
Namangan viloyati hokimi Sh.Abdurazzoqov tumanimizda amalga oshirilayotgan ishlar, qishloq xo‘jaligida bahorgi yumushlarning bajarilishi bilan tanishdi.
Dastlab Mashad mahallasi hududida tadbirkor tomonidan tashkil etilgan issiqxona faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Yigirma sotix yer maydonidagi beshta issiqxonada ikki yuz ming tup bodring, pomidor, qalampir, baqlajon ko‘chati yetishtirilmoqda. Rediska hosili mahalliy bozorga peshma-pesh yetkazib berilmoqda. Hozir rediskaning o‘zidan kuniga 2-3 million so‘mlik daromad olinmoqda.
Bu yerda mahallaning 12 nafar xotin-qizlari bandligi ta’minlangan.
********
Soku MFYdagi xonadonlarda tomorqadan samarali foydalanish, parrandachilik, chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bahodir Jo‘rayevning asli kasbi o‘qituvchilik. U parrandachilik, chorvachilikka qiziqadi. Xonadonida 10 bosh qoramol, 20 bosh qo‘y, yigirmaga yaqin turdagi qush va parrandalarni parvarish qiladi. Almaz qirg‘ovuli, tovus kabutar, Hind tovusi, lentali tovus kabutar, Shimoliy Kavkaz kabutari, yakobin, Kavkaz qirg‘ovuli kabi noyob qush
va parrandalar bor.
Shu mahallada istiqomat qiluvchi Muhammadvali Otaqo‘ziyev olti sotixli tomorqasiga fevral oyida kartoshka va ro‘zg‘or uchun boshqa zarur turdagi mahsulotlarni ekkan. U yiliga uch martagacha hosil oladi.
Orifjon Qambarov esa xonadonida 6 bosh smental qoramollarini parvarish qilmoqda.
Viloyat rahbari xonadon tomorqasidan samarali foydalanish orqali farovon yashayotgan bu kabi oilalar tajribasini ommalashtirish lozimligini ta’kidladi.

