«OBOD MAHALLA» – «OBOD KO‘CHA» – «OBOD XONADON» DASTURI

Oqtosh mahallasida 1010 ta xonadon bo‘lib, 5858 nafar aholi istiqomat qiladi. Dastur doirasida bu yerda keng ko‘lamda obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan.

Viloyat rahbari Sh.Abdurazzoqov dastur doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi. So‘ng hududdagi oilaviy shifokorlik punktida bo‘ldi. Mazkur shifoxona binosi talab darajasida bo‘lmaganligi sababli faoliyatini vaqtincha boshqa binoda davom ettirilishi aytildi. Shu kunlarda oilaviy shifokorlik punkti uchun 50 qatnovga mo‘ljallangan zamonaviy yangi bino qurilishiga kirishiladigan bo‘ldi.

Oqtosh MFY yettiligi uchun «Mahalla markazi» binosi ta’mirlanmoqda. 1, 2 km. elektr tarmoqlarini joriy, 1 km. ichimlik suvi tarmog‘ini mukammal ta’mirlash ko‘zda tutilgan. 3,8 km. yo‘l shag‘allashtirilmoqda.

Viloyat hokimi dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar sifatiga alohida e’tibor qaratish, xonadonlarda tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Dilmurod JO‘RAYEV,

tuman Kengashi deputati.