AHLI ZEBOLARGA EHTIROM
Mamlakatimiz xotin-qizlariga yuksak hurmat, doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelinayotgani, davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani bejiz emas.
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tuman madaniyat markazida bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Sh.Musayev ahli zebolarni bayram bilan samimiy tabrikladi.
Taniqli xonandalar Komiljon Ne’matov, Daminjon Qosimov, tuman madaniyat markazi «Tarona» ashula va raqs xalq ansambli xonandalari hamda 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari ishtirokidagi bayram konserti barchaga xushnudlik bag‘ishladi.
***
«Nuroniy» jamg‘armasi tuman bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib borayotgan xotinqizlardan iborat mahalla keksalar maslahat guruhi raislari hamda jamg‘arma faoliyatini qo‘llab-quvvatlab kelayotgan tuman hokimligi, jamoat tashkilotlaridagi xotin-qizlardan bir guruhiga bayram sovg‘alari topshirildi.
Tuman hokimining maslahatchisi Tohirjon Ismatillayev hamda boshqalar samimiy tilaklar bildirishdi.

