HUDUDLARDA 135 MINGTA XONADON QURILADI
2025-yilda bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida:
-hududlarda umumiy maydoni 8,1 mln.kv.m bo‘lgan 135 mingta xonadon quriladi;
-ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va foiz to‘lovlarining bir qismini kompensatsiya qilishga ajratiladigan subsidiyalar miqdori 1,5 baravarga oshiriladi.
Ushbu maqsadlar uchun Davlat byudjetidan 2,5 trln. so‘m yo‘naltiriladi;
-20,9 trln. so‘mlik ipoteka kreditlari ajratiladi.
Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratish uchun arizalar 2025-yil 3-martdan 1-noyabrgacha qabul qilinadi.
2025-yil 1-martdan boshlab renovatsiya asosida ko‘p kvartirali uy-joylarni qurishda:
-renovatsiya loyihasini amalga oshirishni barcha mulkdorlar bilan notarial tasdiqlangan kelishuv bitimi imzolangandan so‘ng boshlashga ruxsat beriladi;
-mulkdorlarga ularning xohishiga ko‘ra kompensatsiyaning quyidagi turlaridan biri taqdim etiladi:
-buzilayotgan uy-joy obyektlari o‘rniga renovatsiya dasturiga muvofiq qurilayotgan yangi uy-joyda mulk huquqi asosida maydoni buzilayotgan uy-joy obyektlari maydonidan kam bo‘lmagan foydalanishga tayyor holda topshirish sharti bilan kvartira taqdim etish, shuningdek, ko‘chirish, shu jumladan, qurilish muddatiga boshqa uyjoy obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘liq hajmda kompensatsiya qilish;
-buzilayotgan turarjoy va noturar joy obyektlarining bozor qiymatini to‘liq hajmda kompensatsiya qilish;
-renovatsiya loyihasi tashabbuskorlari bilan kelishilgan holda kompensatsiyaning boshqa turlarini taqdim etish.
Jasur MAMADALIYEV,
Norin tuman yuridik xizmat ko‘rsatish mazkazi bosh yuriskonsulti.

