G‘ALLA MAYDONLARIDA ZARARKUNANDA, KASALLIK VA BEGONA O‘TLAR TARQALMASIN
Fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan bahorda bajarilishi zarur bo‘lgan agrotexnik tadbirlardan, g‘alla maydonlaridagi zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarni tarqalish xavfi yuqori bo‘lgan o‘choq maydonlarni doimiy nazoratga olish, g‘allani 1-2-oziqlantirishdan so‘ng biostimulyatorlar bilan bargdan oziqlantirish (suspenziya) ishlarini amalga oshirish, g‘alla ekilgan maydonlarning karta qirg‘oqlarini begona o‘tlardan tozalash, hosildorlik kamayishining oldini olish uchun zararkunandalar (shira trips, shilimshiq qurt, zararli xasva), kasalliklar (zang, un shudring), begona o‘tlar (bir yillik, ko‘p yillik, yovvoyi suli, raygres) g‘allasimon begona o‘tlarga qarshi havo harorati 10-15 darajadan yuqori bo‘lganda tavsiya etilgan gerbitsid, fungitsid, insektoakaratsid kimyoviy vositalari bilan ishlovlar o‘tkazish zarur.
Bundan tashqari, g‘alla maydonlaridagi zararkunandalarga qarshi biologik kurash oltinko‘z entomofagini 10×10 tizimda gektariga 1000-2000 donadan qo‘llash yaxshi samara beradi.
M.QIRG‘IZOV,
X.BOYDEDAYEV,
viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tuman bo‘limi davlat inspektorlari.

