DAVLAT BOJINI TO‘LASHDAN OZOD QILISH AMALIYOTI
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan markazimiz tomonidan markaz kontingentidagi aholiga davlat bojisiz buzilgan huquqlari bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilishi yo‘lga qo‘yilgan. Bular qo‘yidagilar:
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy qimoya milliy agentligi hamda uning hududiy bo‘linmalari:
-tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida beriladigan arizalar, shikoyatlar va da’volar yuzasidan;
-bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ota-onalarning muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi, ularni ota-onalik huquqlaridan mahrum etish, bolalarni ota-onalaridan ularni otaonalik huquqlaridan mahrum etmasdan olib qo‘yish haqidagi, shuningdek, agar ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan ota-onalarning o‘z bolalari bilan birgalikda yashashi mumkin emas deb belgilansa, ularni boshqa turarjoy bermasdan ko‘chirib yuborish to‘g‘risidagi da’volar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan;
-og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar hamda oilalar manfaatlarini ko‘zlab berilgan da’volar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan.
R.ZOKIRJONOV,
tuman «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi ququqiy masalalarda ekspert maslahatchisi.

