AYRIM TRANSPORT VOSITALARIGA VIN RAQAMINI HAKLLANTIRISH BO‘YICHA DAVLAT XIZMATI KO‘RSATILADI

Hukumat qarori bilan «Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti» tasdiqlandi.

Reglament transport vositalarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladi. Bunda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirishni ta’minlaydi.

VIN kodi uchta bo‘limdan iborat:

-ishlab chiqaruvchining xalqaro identifikatsiya kodi (WMI kodi);

-tavsiflovchi qismi (VDS);

-ko‘rsatuvchi qismi (VIS).

VIN kodi transport vositalarini identifikatsiya maqsadida beriladigan belgilarning tarkibiy kombinatsiyasi hisoblanadi.

Bahodir QODIROV,

Norin tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi.