SHUKRONALIK
Barchamiz kutgan bahor fasli bilan birgalikda Ramazon oyi ham kirib keldi. Yurtimizga Ramazon bahor ifori bilan kelishi yanada ko‘rkamlik baxsh etdi.
Men masjid xodimi bo‘lib shunga guvoh bo‘ldimki, har soha xodimi masjidlarimizdagi sharoitlarni birma-bir ko‘rib, kamchiliklarni bartaraf qilishda yaqindan yordam berdi. Xalqimiz chiroyli, xotirjam ibodat qilishi uchun hamma soha vakillari navbatchilik tashkil qilib, qo‘llaridan kelganicha yordam berishyapti. Buning uchun tumanimiz hokimiga, ichki ishlar xodimlariga va boshqa mutasaddilarga masjidimiz namozxonlari nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Barchalarining umrlari uzoq, tanjonlari sog‘ bo‘lsin, Vatanimiz, xalqimiz uchun xizmatdan charchashmasin.
Ota-onalariga ming raqmat!
A.ATABAYEV,
«Axsi» jome masjidi mutavallisi.

