HAR KUNINGIZ NAVRO‘Z BO‘LSIN

«Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!» bosh g‘oyasi asosida o‘tkazilgan umumxalq bayrami tumanimizda sayl tarzida keng nishonlandi. Erta tongdan «Mustaqillik bog‘i»da bayramona shukuh namoyon bo‘ldi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi tomonidan «Ma’naviyat xiyoboni» tashkil qilinib, sayl qatnashchilariga xush kayfiyat va ko‘tarinkilik bag‘ishlandi. Mahalla, nuroniylar, yoshlar, xotinqizlar vakillari milliy qadriyatlarimizni namoyon etuvchi ko‘rgazmalar bilan qatnashdilar. Sportchilar ko‘rgazmali chiqishlar qilishdi. Doshqozonlarda palov damlandi.

«Mustaqillik bog‘i»da turli attraksionlarda o‘ynabquvnayotgan bolajonlarning sevinchi cheksiz.

Bog‘ markazidagi amfiteatrda tuman madaniyat bo‘limi, 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari, taniqli hamda xorazmlik san’atkorlar ishtirokidagi bayram konsert dasturi barchaga xushnudlik bag‘ishladi.