SOHA FIDOYILARIGA EHTIROM

Ushbu sana munosabati bilan «Orzu» tantanalar majmuasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tumandagi mavjud 56 ta MFYda faoliyat ko‘rsatayotgan soha fidoyilariga ehtirom ko‘rsatildi. Viloyat Kengashi deputati, «Nuroniy» jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi T.Ismatillayev, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i M.Qodirov, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i H.Ahmedovlar samimiy tilaklar bildirishdi.

Bayram munosabati bilan Qumtepa MFY raisi Zulfiya Akbarova hamda soliq inspektori Adhamjon Abdullayev «Mahalla iftixori» ko‘krak nishoni, Pastguzar MFY raisi Nodirbek Sharipov viloyat hokimining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandilar. Shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, xavfsiz hududni yaratishdagi faolligi uchun 12 nafar mahalla raisiga viloyat hokimligining «Tashakkurnoma»si topshirildi.

Bayram tadbiri ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari taqdim qilindi.

Iroda QAHHOROVA,

tuman Kengashi deputati.