ELEKTRON RAQAMLI IMZO OLISH

my.gov.uz orqali «Elektron raqamli imzo olish» xizmati takomillashtirildi.

Mazkur xizmatdan foydalanishda bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar: Kompyuteringizga yangilangan E-imzo moduli o‘rnatilganmi? Agar bo‘lmasa, ushbu havola (https://e-imzo.soliq.uz/download/) orqali yuklab oling. Mobil qurilmangizda MyID ilovasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak: iOS (https://apps.apple.com/ru/app/myid-ozbekiston/id1562842955) operatsion tizimiga ega qurilmalar uchun; Android (https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.uzinfocom.myid &hl=ru&pli=1) operatsion tizimiga ega qurilmalar uchun; Xizmat natijasi esa bir zumda taqdim etiladi. Vazirlar Mahkamasining 348-sonli qaroriga asosan elektron raqamli imzo olish uchun jismoniy shaxslardan BHMning 7 foizi miqdorida (26250 so‘m) yig‘im

undiriladi. my.gov.uz orqali topshirilganda ushbu yig‘imga 10 foiz chegirma (23625 so‘m) taqdim etiladi.

MuhammadAHMADJONOV,

tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.