ARXIV HUJJATLARINI BERISH TARTIBI
Ariza beruvchi davlat xizmati olish uchun davlat xizmatlari markaziga kelgan holda murojaat etadi yoki elektron tarzda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa ariza beruvchi davlat xizmatlari olish uchun so‘rovnomani elektron tarzda mustaqil ravishda, platformada joylashtirilgan ma’lumotdan foydalangan holda to‘ldiradi.
Kerak bo‘ladigan hujjatlar:
-pasport nusxasi;
-ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda – ishonchnoma nusxasi;
-marhum nomidan amalga oshirilgan notarial harakatlar haqida arxiv hujjatlari olinayotganda – marhumning o‘limi haqida guvohnoma va ariza beruvchining marhumga qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar;
-ariza beruvchi vasiyatnomaga asosan merosxo‘r bo‘lganda – vasiyatnoma va marhumning o‘limi haqida guvohnoma nusxalari, ariza beruvchi qonuniy vakil bo‘lsa – uni tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilinadi.
Ariza beruvchi taqdim etgan hujjatlar nusxalari Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan ularning asl nusxalaridan olinishi lozim.
Ariza beruvchi tomonidan YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda hujjatlarning asli talab etilmaydi. Bunda ushbu ma’lumotlar idoraviy notarial arxiv xodimlari tomonidan so‘rov yuborish va idoralararo elektron hamkorlik orqali tekshiriladi.
KarimjonABDULHAMIDOV,
Chortoq tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi aloqa operatori.

