TADBIRKORVA FERMERLARLARGA QULAYLIK
Yer ijaraga olganingizdayoq – dehqon xo‘jaligingiz avtomatik ro‘yxatdan o‘tadi.
Fermer xo‘jaligingizni reyestrga kiritish, o‘zgartirish yoki chiqarish – hammasi bir tugma (DXM va my.gov.uz) orqali.
Fermer xo‘jaligingiz tugatilsa, uni reyestrdan chiqarish uchun alohida murojaat qilish shart emas – bu ham avtomatik bo‘ladi. Tashkilot tugatilganda soliq, statistika va Xalq bankiga siz emas, tizimning o‘zi xabar beradi (ilgari uch ish kuni ichida edi).
Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatish jarayoni ham to‘liq raqamlashtiriladi – barcha organlar 1 ish kunida xabardor qilinadi.
Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatishda tugatuvchi o‘zining tugatuvchi etib belgilanganligini elektron tarzda kelishadi.
«Kredit tarixi» endi yuridik shaxslarga ham beriladi. Narxi esa arzonroq: BHMning 5 foiz o‘rniga 4 foiz bo‘ldi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori.
Farxod AZIZALIYEV,
tuman adliya bo‘limi DXM bo‘lim boshlig‘i.

