XORIJGA CHIQISH BIOMETRIK PASPORTINI BERISH BO‘YICHA RAD ETISH ASOSLARI
-agar shaxs o‘zi to‘g‘risida bila turib soxta yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etgan bo‘lsa;
-qo‘l barmoqlarining izlarini olish tartib-taomilidan bosh tortilgan va ko‘zoynak taqib yoki bosh kiyim, tashqi ko‘rinishga ta’sir qiluvchi ashyolar bilan suratga tushish istagi qat’iy bildirilgan bo‘lsa;
-agar shaxsga nisbatan xorijga chiqishiga to‘sqinlik qiladigan shartnoma, kontrakt majburiyatlari amal qilayotgan bo‘lsa, ushbu majburiyatlarning amal qilish muddati tamom bo‘lguniga qadar;
-agar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa – ish yuzasidan uzilkesil sud qarori yoki boshqa qaror qabul qilingunga qadar (surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning yozma xati asosida);
-agar shaxs ichki ishlar organlarining ma’muriy nazoratida bo‘lsa – nazorat to‘xtatilgungacha (ma’muriy nazoratni amalga oshiruvchi organning yozma xati asosida);
-agar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo va shartli hukm qo‘llanilgan bo‘lsa – jazoni o‘tab bo‘lgunigacha yoki jazodan va shartli hukmdan ozod qilingunga qadar (jazoni ijro etuvchi organning yozma xati asosida);
-agar shaxsda sud tomonidan yuklangan ijro etilmagan majburiyatlar bo‘lsa – majburiyatlar ijro etilgunga qadar, voyaga yetmagan bolalarni ta’minlash uchun alimentlar oldindan to‘langanligi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro
byurosining ma’lumotnomalari bilan tasdiqlangan holatlar bundan mustasno.
Akramjon SOBIROV,
Chortoq tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi.

