BO‘SH TURGAN DAVLAT OBYEKTLARI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOTNOMA OLISH
Davlat xizmatidan foydalanish uchun jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) (https://my.gov.uz/oz/service/662) orqali murojaat qiladilar.
Vakolatli organ: davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi.
Xizmat bepul ko‘rsatiladi.
Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: real vaqt rejimida.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori (https://www.lex.uz/docs/7410867).
Sherzodbek UMMATALIYEV,
tuman adliya bo‘limi DXM yetakchi mutaxassisi.

