TURARJOY OBYEKTLARINING KADASTR PASPORTI VA ULARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 535-sonli qaroriga asosan ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Ariza beruvchilar o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazlari xodimi – ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, turarjoy obyektlarining kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, ya’ni mol-mulk egasining roziligi bilan turarjoy obyektlarining kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish so‘rovnomaga belgilangan tartibda  rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
I.DADABOYEV,
Uchqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi.