QOG‘OZ HUJJATLARDAN – ELEKTRON KO‘RINISHGACHA
Ko‘chmas mulkni bo‘lish hamda uning yangi chegaralarini belgilash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi «Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash
to‘g‘risida»gi 535-sonli qaroriga asosan tartibga solinadi.
Bunda, ariza beruvchi xohishga ko‘ra (Ko‘chmas mulklarning huquq egalari yoki ularning vakillari) ma’lumotnoma olish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yoxud Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi hamda belgilangan miqdordagi to‘lovni amalga oshiradi.
Real vaqt rejimida davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yohud kadastr agentligining rasmiy vebsayti orqali so‘rovnomani davlat kadastrlari palatasi tegishli tuman (shahar) filialiga yuboradi.
10 ish kuni ichida davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali ko‘chmas mulk joylashgan joyida ko‘chmas mulkni bo‘lish imkoniyatini o‘rganadi va abris tayyorlaydi. O‘rganishlar va abrisga asosan ko‘chmas mulkning kadastr rejasi ilova qilingan ko‘chmas mulkni bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasini tayyorlab, uni davlat xizmatlari markazlariga yuboradi yoki dalolatnoma rasmiylashtirishni rad etadi.
Davlat xizmatlari markazi real vaqt rejimida dalolatnoma va ko‘chmas mulkning kadastr rejasi kelib tushganligi haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi. Ariza beruvchi 3 ish kuni ichida (Ko‘chmas
mulklarning huquq egalari yoki ularning vakillari) davlat xizmatlari markaziga kelib identifikatsiya qilish vositalari orqali yoki YIDXP yoxud veb-sayt orqali huquq egalarining ERIsi bilan dalolatnomani kelishadi.
Eldorbek KUPAYSINOV,
Chortoq tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi sho‘ba mudiri.

