ICHKI ISHLAR ORGANLARI SOHASIDA DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISH
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-oktabrdagi 797-sonli qaroriga asosan sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Mazkur ma’muriy reglament O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston hududida doimiy yashovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami mavjud bo‘lgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga
davlat xizmatlari markazlari orqali muqaddam sudlanganligi, jinoiy javobgarlikka tortilganligi, reabilitatsiya qilinmaydigan asoslarga ko‘ra javobgarlikdan ozod etilganligi holatiga oid ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati
ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tezkorma’lumotlar boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladi.
Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Davlat xizmati ko‘rsatish tartibi: Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
B.SHOHIDILLAYEV,
Chortoq tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi hisoblash texnikasi operatori.

