MANSAB VA LAVOZIMNI SUIISTE’MOL QILGACH…

N.B. o‘zining rahbarligidagi MCHJ bilan bank o‘rtasida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasini tashkil etish uchun kredit shartnomasini tuzadi. 3 yil muddatga 15 foiz ustama to‘lash sharti bilan ajratib berilgan 300 mln. so‘m kredit mablag‘i evaziga ta’minotchi korxona tomonidan yetkazib berilgan zamonaviy uskuna va elektr jihozlarni mansabini suiiste’mol qilgan holda o‘zga shaxslarga sotib yuboradi.
Bu orqali o‘ziga ishonib topshirilgan juda ko‘p miqdordagi kredit mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qiladi.
Ushbu jinoiy ish JIB Uchqo‘rg‘on tuman sudida atroflicha ko‘rib chiqildi. Ayblanuvchi N.B. O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jazoga tortildi.
B.ALIMOV,
departametning Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limi tezkor vakili.