GILOS PASHSHASI – EKSPORT KUSHANDASI

Aholi va bog‘dorchilik dehqon xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan gilos bog‘laridan yuqori va sifatli hosil olishda uning asosiy zararkunanda, kasalliklaridan o‘z vaqtida samarali himoya qilish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda gilosning eng asosiy va xavfli zararkunandasi bu gilos pashshasi, unga qarshi kurash choralari o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, hosilning miqdori va sifati 80-100 foizgacha yo‘qotilishi mumkin.
Bir ko‘rishda gilos pashshasini aniqlash qiyin. Ko‘pchilik bog‘bonlar uning mavjudligini faqat mevalarning zararlanishi ortib ketganda va hosil deyarli nobud bo‘lganda bilib qolishadi.
Har bir pashsha 150 taga yaqin gilos yoki olchaga bittadan tuxum qo‘yib zarar keltiradi.
Gilos pashshasi juda mayda bo‘lib, uzunligi 5,5 mm.ni tashkil etadi. Uning tanasi yorqin qora rangda, boshi va oyoqlari sariq, qanoti oq-qora bo‘lib, ko‘zlari mikroskop ostida och yashil rangda ko‘rinadi. So‘ng zararlangan mevalarni tark etib, yon-atrofdagi begona o‘tlar va daraxtlarning yoriqlariga kirib, g‘umbakka aylanadi.
Gilos pashshasiga qarshi agrotexnik kurash chora-tadbirlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, gilos va olcha daraxt shoxlariga fitosanitar shakl berish, ya’ni zararlangan va kasallangan shoxlarini kesish lozim. Bundan tashqari, qishlovda bo‘lgan gumbaklarini yo‘qotish uchun daraxtlar qator oralarini shudgorlash, daraxtlarning atrofi va qator oralarini begona o‘tlardan tozalash hamda mineral o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlashni nazorat qilib borish kabilar kiradi. Feromon tutqichlarini nafaqat nazorat uchun, balki gilos pashshasiga qarshi kurash chorasi sifatida ham ishlatish mumkin.
Bu hasharotga qarshi biologik kurash choralaridan biri oddiy oltinko‘zdan foydalanishdir. Bunda oltinko‘z lichinkalari juda yirtqich bo‘lib, bir sutkada o‘rtacha 15-20 ta pashshani yeb qo‘yadi. Kimyoviy kurash choralari, erta bahorda gilos va olcha daraxtlarini mineral-moyli emulsiyali preparatlari hamda ISO va Bordo suyuqliklari bilan ishlov berish lozim.
B.PAYZIYEV,
M.QIRG‘IZOV,
o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tuman bo‘limi davlat inspektorlari.