SUVCHECHAKDAN SAQLANING
Suvchechak o‘tkir infektsion virusli kasallik bo‘lib, tana haroratining ko‘tarilishi va terida yaqqol chegaralangan
qizg‘ish dog‘, pufakchali toshmalar toshishi, virus uzoq vaqt saqlanishi bilan xarakterlanadi.
Kasallik qo‘zgatuvchisi gerpes virus bo‘lib, virus tashqi muhitga chidamsiz. Havo tomchi yo‘li bilan tarqaladi.
Epidemiologik xususiyati keng tarqalganligi va mavsumiyligi. Kasallik ko‘pincha kuz va qish oylarida kuzatiladi. Kasallik bilan og‘rigandan so‘ng odamda bir umrga barqaror immunitet hosil bo‘ladi. Kasallik manbai bemor odam hisoblanadi,
ko‘proq 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Yashirin davri 14-16 kun. Bemor atrofdagilar uchun yashirin davrining
oxirgi kunidan toshma toshib bo‘lgandan keyin yana 5 kun ichida xavfli hisoblanadi. Virus organizmga kirgandan so‘ng shilliq qavat xujayralarida, limfa tugunlarda ko‘payadi.
Ulardan qonga o‘tib virusemiya boshlanadi.
Laboratoriyada – virusologik tekshiruv o‘tkaziladi, ya’ni burun xalqumdagi toshmalardan, qondan tahlil namunalari
olinadi. Kasallikni davolashda antibakterial terapeya olib boriladi.
Virusga qarshi atsiklovir, leykoferon dori vositalardan foydalaniladi. Toshmalar zelyonka bilan artiladi. Karantin muddati 21 kun, bemor tezda boshqalardan alohidalanadi, shaxsiy gigiyena talablariga rioya etish talab qilinadi, xonani tez-tez shamollatib, namli tozalov ishlari olib boriladi.
Sh.EGAMBERDIYEV,
tuman SEO va JSB epidemiologiya bo‘limi mudiri,
M.ULUG‘SHAYEVA,
epidemiolog vrach yordamchisi.

