XOTIRJAMLIGIMIZ O‘Z QO‘LIMIZDA
Sodir bo‘lgan yong‘inlar, portlashlar, is gazidan zaharlanishlarning sabablari o‘rganib chiqilganda, iste’molchilarning yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilmasliklari, gaz so‘rg‘ichlar o‘rnatib olganliklari, gaz uskunalarini boshqa joyga ko‘chirib, rezina shlanglar orqali foydalanayotganlari ma’lum bo‘lmoqda.
Bulardan tashqari, qo‘lbola usulda tayyorlangan va standart talablariga javob bermaydigan gaz uskunalari o‘rnatganliklari, gaz anjomlarini qarovsiz qoldirishlari, maishiy gaz ballonlarini navbatdagi sinovdan o‘tkazish, texnik nazorat qilish va chiqindilardan tozalash ishlarining amalga oshirilganligi ham turli salbiy holatlarni keltirib chiqarmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Gazdan, har qanday qattiq yoqilg‘i mahsulotlaridan is gazi ajralib chiqishini unutmang. Hamisha hushyor bo‘ling, zero, bu xotirjamlik garovidir.
Sherali NOSIROV,
Yangiqo‘rg‘on tuman FVB boshlig‘i o‘rinbosari, kapitan.

