GUGURT – BOLALAR UCHUN O‘YINCHOQ EMAS
-bolalarga olovdan (gugurt, sham, bengalchirog‘, petardalar va boshqa) foydalanishiga ruxsat bermang;
-yosh bolalarni qarovsiz qoldirmang;
-kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini uzoq muddatga qarovsiz qoldirmang. Olov bilan o‘ynash haqida bolalarga doimo tushuntirib boring;
-bolalarning qo‘li yetadigan joylarda gugurtlar (sigaretalar), yondirgichlar (zajigalgalar) va boshqa turdagi yondirish vositalarini qoldirmang;
-shamdan foydalanish zaruriyati tug‘iladigan bo‘lsa, bu holda uning uchun yonmaydigan kattaroq, asos (shamdan) tanlab oling, sham shamdonga mahkam o‘rnatilganiga;
-yonayotganida egilmayotganligi va biron-bir yonuvchi materialga tegmayotganligiga amin bo‘ling. Yonayotgan sham bilan chordoqqa, ombor va yerto‘lalarga kirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
-ko‘p miqdorda yonuvchi va yengil alangalanuvchi moddalar mavjud bo‘lgan qurilishlar, yerto‘lalar, chordoq hamda omborlar yaqinida bolalarning o‘ynashiga yo‘l qo‘ymang.
Sardor BAHRONOV,
tuman FVB katta inspektori, katta leytenant.

