EKOLOGIYA SOHASINI KORRUPSIYADAN HOLI HUDUDGA AYLANTIRAMIZ
Ekologiya sohasidagi korrupsiya – atrof-muhitni muhofaza qilish tizimidagi poraxo‘rlik va mansabdor shaxslarning shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yishi hamda tabiat resurslarini noqonuniy o‘zlashtirishi hisoblanadi.
Ekologiya sohasida korrupsiya quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin:
-suv, yer va yer osti boyliklarini talon-taroj qilish holatlariga nisbatan harakatsizlik;
-o‘rmon va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish hamda «Yashil makon» loyihasini tashkillashtirish uchun ajratilgan mablag‘lardan maqsadsiz foydalanish va ularni o‘zlashtirish;
-qurilish va sanoat obyektlariga ijobiy ekologik ekspertiza xulosasi berish maqsadida hujjatlarni soxtalashtirish;
-ekologik litsenziya va sertifikatlarni sotib olish;
-bioxilmaxillikni asrash va kadastrni yuritish jarayonida brakonerlar bilan til biriktirib, noqonuniy ov qilish.
Ekologiya sohasidagi korrupsiya nafaqat tabiatga, balki iqtisodiyot va ijtimoiy hayotga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, korruptsiya har qanday islohot yo‘lidagi eng katta to‘siqlardan biri hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, agar korrupsiya illati rivojlanishning eng katta to‘sig‘i bo‘lsa, ekologiya sohasidagi korrupsiya bevosita kelajak avlod hayotiga tahdid soluvchi jiddiy xavfdir. «Yashil» iqtisodiyot tamoyillarini amalda tatbiq etish uchun faqat hukumatning emas, balki butun jamiyatning sa’y-harakati kerak. Barqaror taraqqiyot va sog‘lom muhitni ta’minlash uchun ekologik adolat va korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishimiz shart.
Fayzullo JALILOV,
viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi.

