VATANPARVARLIK NEGIZI
Universitetimiz filologiya fakultetida milliy qadriyatlarni asrash, yoshlar qalbida vatanparvarlik va o‘zlikni anglash tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda talabalar milliy liboslarda ishtirok etib, ajdodlar merosini ulug‘ladilar. O‘zbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosi, urf-odatlari va an’analariga bag‘ishlangan chiqishlar, ifodali o‘qilgan she’rlar, sahna ko‘rinishlari va milliy kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Milliy libos bu nafaqat go‘zallik, balki o‘zligimiz, tariximiz, qadriyatimiz ramzidir. Fakultet jamoasi va talabalari bu kabi tadbirlar orqali milliy merosga bo‘lgan hurmatini amalda namoyon etmoqda.
Durdona BOQIJONOVA,
NamDU filologiya va tillarni o‘qitish fakulteti 3-bosqich talabasi.

