JAMILA PO‘LATOVA «AXBOROT-KUTUBXONA A’LOCHISI»

«Central Asia – 2025»: fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari» XVIII Xalqaro konferentsiyasi doirasida axborotkutubxona sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan fidoyilardan bir guruhi «Axborot-kutubxona a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ular orasida tuman axborot-kutubxona markazi axborot-bibliografiya xizmati rahbari Jamila Habibullayevna Po‘latova ham bor.

Ma’lumot uchun, Jamila Po‘latova qariyb 35 yildan buyon kutubxonachilik sohasida faoliyat ko‘rsatadi.

U faoliyati davomida tumanda kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini oshirish va yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish borasida sezilarli yutuqlarga erishgan. «O‘zbekiston Mustaqilligining 10 yilligi» esdalik nishoni sohibasi.