UYCHIDA DXX KUBOGI MUSOBAQALARI YAKUNLANDI
Minglab o‘g‘il-qizlarni birlashtirgan sportning futbol va mini futbol turlari bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari yakunlandi.
Ovchibuloq MFYda joylashgan mini futbol maydonida musobaqaning final bosqichi hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘ldi. Unda tuman hokimi Sh.Musayev, tuman IIB boshlig‘I U.Eshanov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i M.Qodirov, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i M.Zaitovlar ishtirok etdilar.
Yakunga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha «Mustaqillik» MFY, qiz bolalar o‘rtasida «1-sektor qizlar jamoasi», o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol bo‘yicha «Toshloq» MFY jamoalari g‘olib deb topildilar.
G‘olib jamoalar diplom, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

