UCH AVLOD UCHRASHUVI

Namangan viloyatida chegara va olis hududlardagi, ishsizlik va kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan, og‘ir toifadagi jinoyatchilik va murojaatlar oshgan hamda ko‘p millatli baynalminal mahallalarda 2025-yil may-iyun oylari davomida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish reja-jadvali tasdiqlanib, ish tashkil etilmoqda.

Mevazor MFYda joylashgan 15-maktabda uch avlod vakillari uchrashdilar. Uni tuman hokimining maslahatchisi, «Nuroniy» jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i T.Ismatillayev ochdi. Badiiy dastur, ko‘rgazmalar, she’riy chiqishlar va Avazbek Nasriddinov ijrosidagi Vatanni ulug‘lovchi qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi.

Tadbirda Prezident Administratsiyasi vakili T.Qodirova, viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi bosh mutaxassisi N.Yunusova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi D.Abdiqaxarovlar faol o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qilishdi.

Dilmurod BOLTABOYEV,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Uychi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri.