IJOBIY BAHOLANDI
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasining hisobotsaylov I konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya ishida saylangan 75 nafar delegat ishtirok etdi.
Dastlab konferensiyani olib borish uchun ishchi rayosati saylandi, kotibiyat, tahrir hamda sanoq komissiyasi tasdiqlab olindi va konferensiya kun tartibi, ish vaqti ma’qullandi.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tuman bo‘linmasi kengashi raisi Mirzamahmud To‘xtaboyevning hisoboti tinglandi. So‘ng tuman bo‘linmasi taftish komissiyasining hisoboti eshitildi. Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi kengashining hisobot davridagi faoliyati qoniqarli, deb topildi hamda taftish komissiyasining hisoboti tasdiqlandi.
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi kengashi raisini saylash bo‘yicha yashirin ovoz berish byulleteniga nomzodlar kiritildi. Saylov muqobillik asosida, yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi.
Natijalarga ko‘ra, To‘xtaboyev Mirzamahmud Adashevich ko‘pchilik ovoz bilan O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi kengashi raisi etib takroran saylandi.
Konferensiya yakunida 10 nafar kasaba uyushmasi faxriysi, faollar taqdirlandilar.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi kengashining o‘tgan davrdagi faoliyatini ijobiy baholab, kelgusida ham tizimli ish tashkil etilishida muvaffaqiyatlar tilashdi.

