KASB TANLASHDA ADASHMANG
Kasb-hunarga yo‘naltirishda o‘quvchilarning ma’naviyaxloqiy fazilatlari bilan birga ular tanlayotgan sohaga layoqati qay darajada muvofiqligini aniqlash, bu borada fan o‘qituvchilari, sinf rahbarlari, ota-onalar va mahalla faollarining shaxsiy namunasi va hamkorligini mustahkamlash katta ahamiyat kasb etadi.
O‘quvchilarning kasb-hunar haqidagi tasavvurini kengaytirish va qiziqishini aniqlash uchun maktablarga borib, dars jarayonida kasblar haqidagi tushunchalarni o‘quvchilarga hayotiy misollar orqali yetkazib bormoqdamiz. O‘g‘il-qizlarning kelajakda munosib kasb egasi bo‘lishiga ko‘maklashish maqsadida 1-sonli politexnikumga uchrashuv va ochiq eshiklar tashkil etilayotgani bolalarning sohalar haqidagi tasavvurini boyityapti.
Jumladan, yil davomida tumandagi barcha maktabning 9-sinf o‘quvchilari uchun ekskursiyalar tashkil etildi. Har bir kasb egasi murabbiy ko‘magida kamolga yetadi. Hunar egallash istagidagi o‘quvchilarni ustozga biriktirish orqali sohaga oid zarur tajriba va mahoratini shakllantirish, bilim va ko‘nikmasini rivojlantirish mumkin. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish jarayonida, birinchi navbatda, ularning qobiliyati va mehnati jamiyat manfaatlariga mos tarzda e’tiborga olinishi lozim. Jarayonda turli sohalar, ularni egallash uchun qo‘yiladigan talablar, tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis tayyorlaydigan yo‘nalishlar to‘g‘risida ma’lumot berish katta ahamiyatga ega. Bu o‘g‘ilqizlarni kasb tanlashga ongli munosabatda bo‘lishga tayyorlaydi.
Kasbga yo‘naltirish tizimi shaxsga muayyan soha va unga doir zarur ko‘nikmalarni o‘rganishda yordam beruvchi maqsad, mohiyat, prinsip, uslub va vositalar birligidir. Oydin va ravon hayot yo‘li ochilishi uchun yoshlar ko‘p kuch-g‘ayrat sarflashi, eng asosiysi, ko‘ngliga yoqqan,
jamiyatga zarur va foydali sohani tanlashi lozim. Shu bois, maktabni bitirayotgan yigit-qiz qanday kasb egasi bo‘lish to‘g‘risida ko‘p o‘ylaydi. Maskanimizda esa kasblarni egallash uchun barcha sharoit yaratilgan. Faqat bu imkoniyatlardan oqilona foydalanish, hayotda qo‘llash zarur.
Zuhriddin MAHAMADJONOV,
1-sonli politexnikumning tarix fani o‘qituvchisi.

